Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron iste’foga chiqqan Eduard Filipp o‘rniga mamlakatning bosh vaziri sifatida Jan Kasteksni tayinladi, deya xabar berdi France 24 axborot agentligi.

Sputnik.az

Ma’lum qilinshicha, 2017 yildan Fransiya hukumatiga rahbarlik qilib kelayotgan Eduard Filipp 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlarda Gavr shahriga mer etib saylangani sababli u mamlakat prezidentidan iste’fo so‘ragan. Emmanyuel Makron uni iste’fosini qabul qilgan.

Eduard Filipp o‘rniga koronavirus pandemiyasi paytida Fransiyaning ochilish strategiyasiga bosh bo‘lgan Jan Kasteks tayinlangan. U hukumat rahbari sifatida Makronga asosan mamlakatning pandemiyadan keyin qiyin ahvolga uchragan iqtisodiyotni qayta tiklashga yordam berishi uchun tayinlangani xabarda ma’lum qilinadi.

“Makron uni [Jan Kasteksni — tahr.] bosh vazir sifatida ijrochi bo‘lishini xohlaydi, hech qanday holatda raqibi sifatida emas. Prezidentlik saylovlariga qolgan ikki yil ichida Emmanyuel Makron [fransiyaliklar uchun — tahr.] yolg‘iz o‘zi porlashi kerak”, — deya ta’kidlaydi “Kommersant’” mutaxassisi.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Kasteks ko‘p yillar davomida davlat xizmatchisi sifatida bir necha hukumatlar bilan ishlagan va Nikolya Sarkozi prezidentligida ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. Tayinlovga qadar, Jan Kasteks Prad shahrini meri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Aprel oyida unga Fransiyani karantindan bosqichma-bosqich chiqish strategiyasini boshqarish topshirilgan. Ta’kidlanishicha, uning pandemiyadan chiqish strategiyasi aholi tomonidan ijobiy qabul qilingan.

Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, Fransiya bosh prokurori Eduard Filipp, sobiq sog‘liqni saqlash vazirlari Olive Verana va Agnes Buzenga nisbatan dastlabki tergovni boshlagan.

“Fransiyada COVID-19 pandemiyasidan so‘ng, bosh vazir va oldingi hukumatning boshqa bir qator vazirlariga qarshi 90 ta shikoyat kelib tushdi”, — deyiladi xabarda. Ushbu shikoyatlarning to‘qqiztasi bosh prokurorga yuborilgan — dastlabki sud tergovi boshlanadi.

Xabarga ko‘ra, shikoyatlar rasmiylarning pandemiyaga qarshi kurashdagi harakatlari munosabati bilan proyekraturaga murojaat qilingan.