O‘zbekistonda 3-iyul kuni 318 kishida koronavirus aniqlanib, rekord yangilandi

O‘zbekistonda 2-iyul soat 23:30 dan 3-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 318 ta holat qayd etildi. O‘zbekistonda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni birinchi marta 300 nafardan oshdi. Tabiiyki, 3-iyuldagi ko‘rsatkich yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlanishi rekord natija bo‘lib turgandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9396 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 273 nafari karantin muassasalarida;
  • 45 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 37 nafar, Andijon viloyatida — 5 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar) aniqlangan.