Andijon viloyati gʻallakorlari davlatga don sotish shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarishdi

Andijon viloyati gʻallakorlari davlatga don sotish shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarishdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: ukr.farm

Andijon viloyati gʻallakorlari qariyb 11 oydan buyon fidokorona mehnat qilib, bugun davlatga don sotish shartnomaviy rejasini bajardilar, davlat omborlariga 286 ming tonnadan ortiq sara va sifatli don topshirilib, shartnoma shartlarini 100,3 foizdan oshirib bajardilar, deyiladi xabarda.