Toshkent davlat transport universiteti Fransiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

Toshkent davlat transport universiteti Fransiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Foto: ENAC

Mamlakarda aviatsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar, yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan Transport vazirligida videomuloqot boʻlib oʻtdi.

Muhokamalar davomida bir qator yoʻnalishlarda memorandum tuzishga kelishib olindi. Xususan, Toshkent davlat transport universitetida oʻquv bazasini yaratish, fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma dasturlar tuzish koʻzda tutilmoqda.