Toshkentlik tadbirkor 500 ta elektromobilni taksi xizmatiga qoʻymoqchi

Toshkentlik tadbirkor 500 ta elektromobilni taksi xizmatiga qoʻymoqchi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Foto: Getty Images

Buning uchun 500 ta elektr tokidan quvvat olib harakatlanuvchi avtomobillar xarid qilindi. Bu mashinalar bir marta zaryad olib, 419 km yurishi mumkin. Agar shahar tashqarisida, trassada boʻlsa 540 km yurishi mumkin.

Bu mashinalarning afzalligi shundaki, ular ekologik toza boʻlib, 53 kilovatt akkumulyatorlari bor. Agar buni pulga chaqadigan boʻlsak 1 km 50-60 soʻmga toʻgʻri keladi.

Xabarda aytilishicha, avtomobilning narxi 23 ming dollardan 25 ming dollargacha.