BMT Sirdaryo viloyatiga gumanitar yordam koʻrsatdi

BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi 2020-yil may oyida Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining ochilib ketishi tufayli sodir boʻlgan toshqin sabab viloyat hokimiyatiga shaxsiy gigiyena vositalari, shu jumladan COVID-19 koronavirusidan himoyalanish uchun vositalar kabi gumanitar yordamni yubordi. Bu haqda “Korrespondent.uz” BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: BMT

30 ming AQSh dollari miqdoridagi gumanitar yordamni BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (GMMI) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib oldi. Gumanitar yordamga bir marta ishlatiladigan niqoblar va qoʻlqoplar, shaxsiy gigiyena vositalari, uy-roʻzgʻor buyumlari, antiseptiklar hamda boshqa zarur buyumlar kiradi.

“Sardoba aholisiga zarur yordam koʻrsatadigan ushbu insonparvarlik yordamini topshirish men uchun katta quvonch. Ofat natijasida aholi yoʻqotgan buyumlariga qoʻshimcha ravishda, biz ularni COVID-19 tarqalishini toʻxtatish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ham taʼminladik. Ayni paytda uylaridan mahrum boʻlgan oʻn minglab odamlar, hech kimni chetda qoldirmaydigan uzoq muddatli, xavfsiz va munosib yechimga muhtojlar”, — deydi Helena Freyzer, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori.

GMMI Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatining bir qismi boʻlib, favqulodda vaziyatlarda harakatlarni taʼminlash uchun gumanitar tashkilotlarni birlashtirish uchun javobgardir.