Vestminster universitetida 100 dan ortiq akademik va tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy veb-seminar tashkil qilindi

Vestminster universitetida yangi oʻquv yoʻnalishlari paydo boʻladi ...

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida (TXVU) joylashgan Amaliy Tadqiqotlar markazi (SPRO) tomonidan “Strategiya va amaliy yechimlarni ilgari suruvchi ilmiy-tadqiqot ishlari” nomli veb-seminar bo‘lib o‘tdi. Vebinar uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab 110 nafardan ortiq akademiklar, tadqiqotchilar va aspirantlar qatnashdilar. Vebinar qiziqarli taqdimotlar va interfaol munozaralarga boy o‘tdi. Shuningdek, Amaliy Tadqiqotlar markazining Italiya, Efiopiya va O‘zbekistonlik  katta ilmiy xodimlari dastlabki xulosalari va tavsiyalari bilan bo‘lishdilar.

Rauf SalahojayevTXVU Amaliy Tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi

Fan va inson kapitali O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiy o‘sishining drayveri sifatida

2018 yil 21 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2019 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Innovatsion Rivojlantirish Strategiyasini Tasdiqlash To‘g‘risida”gi strategiya dasturini tasdiqladi. (№ PF-5544 09/21/2018). Ushbu Strategiyada taʼkidlanganidek, fan va texnologiyalarning yutuqlaridan keng foydalangan holda iqtisodiyotga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Strategiyada uning asosiy maqsadi etib inson kapitalini jahon miqyosidagi raqobatbardoshlik darajasi va uning innovatsion taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish belgilangan.”Yo‘l xaritasi” ning 4-bandiga binoan, Strategiyada belgilangan vazifalardan biri – Xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy nashrlar sonini ko‘paytirish. Bu hukumat yoshlarni tadqiqot va ilm-fanga jalb qilish uchun moddiy va boshqa imtiyozlarni kuchaytirishi kerakligini anglatadi. Darhaqiqat, mavjud maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, har million kishiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar soni global innovatsion indeksni baholari bilan sezilarli darajada bog‘liqdir.

 Etenesh Asfav

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi dolzarb muammolar: barcha fermer xo‘jaliklarini maqsadli qamrab olish

Taqdimot ikkita asosiy qismdan iborat.

Birinchidan, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining zanjirlari qishloq yoshlari orasida ishsizlar sonini kamaytirish va qishloq migratsiyasini sekinlashtirish potensialga ega.

Taqdimot muammoni nima uchun va qanday hal qilish kerakligini taʼkidlaydi.

Ushbu muammoni hal qilish mamlakatga o‘sib borayotgan yoshlar kuchini (60% 30 yoshdan kichiklar) foydalanishga imkon beradi. Ikkinchidan, O‘zbekistondagi barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 70 foizini ishlab chiqaradigan kichik dehqon xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligining mahsuldorligini oshirish va qishloq aholisining turmush sharoitlarini taʼminlash uchun davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlanishga muhtojdir. Kichik fermer xo‘jaliklari O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhimdir va muayyan muammolarga duch kelmoqdalar.

Fabrizio Viyelmini

COVID-19 dan keyin O‘zbekistonda turizmni tiklash: madaniy va ichki manbalardan foydalanish

Ushbu taqdimot Global pandemiyadan so‘ng inqirozning O‘zbekistondagi turizmga taʼsirini tahlil qiladi. Inqiroz birinchi navbatda turistik faoliyat ko‘lamini kengaytirish uchun imkoniyat sifatida qabul qilinishi kerak. Faoliyatni majburan to‘xtatib turish turistik imkoniyatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, hanuzgacha hordiq chiqarishni tashkil qilishda faol bo‘lgan qishloqlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin. Sayyohlikni ichki bozorga birlamchi yo‘naltirish orqali qishloq joylarida o‘zbek milliy taomlari va noyob madaniy merosga bo‘lgan talabni yaratadi. Bu qishloq turmush sharoitini va aholi daromadlarini oshishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Natijalar

Bo‘lib o‘tgan Vebinar tadqiqotchilar, tadqiqot markazlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida fikrlar almashinuvi imkonini berdi. ATM mamlakatdagi eng yangi tahlil markazlaridan biri bo‘lib, bunday jamoani yig‘ish biz uchun sharaf. Kelajakda shu kabi tadqiqot vebinarlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.