Prezident Sergeli va Zangiota tumanlariga boradi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun Toshkent shahrining Sergeli tumani va poytaxt viloyatining Zangiota tumaniga boradi.

Safar chog‘ida ko‘p qavatli uylar, sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini ko‘zdan kechirish, faollar bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.