Ronaldu mavsum oxirida “Yuventus” dan ketishi mumkin

Ikki yillik oʻyinlardan soʻng Krishtianu Ronaldu Turinning “Yuventus” klubini tark etishi mumkin.

Foto: Uventus.eu

Jurnalist Pietro Balzano Protaning soʻzlariga koʻra, 35 yoshli portugaliyalik sportchi joriy mavsum oxirida jamoadan ketishi mumkin. Tomonlarning ajralishiga mumkin boʻlgan sabablar hozircha nomaʼlum.

Ronaldu 2018-yilning yozida “Real” dan 117 million yevro evaziga “Yuventus” ga oʻtdi va 2022-yilgacha jamoada oʻynashga shartnoma imzoladi.

Ushbu mavsumda hujumchi “Keksa Sinyor” safida 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 25 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yaqinda portugaliyalik sportchi oʻzini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytdi.

Yaqinda Krishtianu Ronaldu 72 kunlik tanaffusdan soʻng oʻz klubining mashgʻulotlar bazasiga qaytdi.