Quddusda Binyamin Netanyaxu ishi boʻyicha jarayon boshlandi

24-may kuni Quddusda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishi boʻyicha sud jarayoni boshlandi, u korrupsiya va xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishda ayblanmoqda.

Foto: laRegione

Netanyaxu sudda bayonot berib, oʻziga nisbatan ochilgan ish uyushtirilganini aytdi va sud majlisi zalidan toʻgʻridan toʻgʻri televizion namoyish berilishini talab qildi.

Binyamin Netanyaxu ishini Quddus okrug sudining uch nafar sudyasi koʻrib chiqmoqda. “Nemetskaya volna” (“Nemis toʻlqini”)ning xabar berishicha, raislik qiluvchi sudya Rivka Feldman-Fridman shov-shuvli aksilkorrrupsiya ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha tajribaga ega. U 2015-yilda bosh vazir sifatida Binyamin Netanyaxuning oʻtmishdoshi boʻlgan Exud Omertga hukm chiqargan Sud komissiyasi tarkibiga kirgan edi.

Isroil bosh vaziriga nisbatan firibgarlik, korrupsiya va rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish aybi 2019-yil noyabrida qoʻyilgan edi. Ayblov tomonining taʼkidlashicha, Binyamin Netanyaxu va uning oilasi 2007-yildan 2016-yilgacha boʻlgan davrda amerikalik prodyuser Arnon Milchen va avstraliyalik Jeyms Pakerdan umumiy qiymati toʻrt million yevro boʻlgan sovgʻalar, jumladan zargarlik taqinchoqlari olib turgan.

17-may kuni Netanyaxu Isroil bosh vaziri sifatida qasamyod qabul qildi. Agar sudyalar uni aybdor deya topgudek boʻlsa, u holda isteʼfoga chiqishga majbur boʻladi.