Oʻzbekiston hukumati sement importiga bir oy avval joriy etgan taqiqni bekor qildi

Vazirlar Mahkamasining 22-may kuni qabul qilgan qarorida mamlakatdagi qurilish ishlarini taqchil qurilish materiallari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida sementga import cheklovi olingani aytiladi.

Foto: Kabar

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonga sement importi vaqtincha toʻxtatilgan edi. Buning oqibatida sement narxi yigirma foizga oshgandi.

Oʻzbekistondagi barcha sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning umumiy salohiyati yiliga 16.7 mln tonna mahsulot yetkazib berishga yetadi.

Lekin, oʻtgan yili mamlakatda 10 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekistonda sement ishlab chiqaruvchi 5ta yirik sement zavodi bor.