Ispaniya koronavirus qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e’lon qiladi

Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

korrespondent 15
Foto: Joaquin Corchero/Global Look Press

“Biz asrning eng yomon balosini to‘xtatdik. Oldinda mamlakatimizni tiklash vazifasi turibdi. Hukumat seshanbadan boshlab motam e’lon qilish to‘g‘risida rasmiy bayonot qabul qiladi. Motam o‘n kun davom etadi”, – dedi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

18 maydan qirollikning aksariyat joylarida pandemiya sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatishning yangi bosqichiga o‘tildi.

Ushbu bosqichda yaqin kishilar bilan uchrashishga, ma’lum bir cheklovlar asosida qahvaxona va barlarning ayvonlari, mehmonxona va muzeylarni ochishga ruxsat berildi.