Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 248 ming dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Oʻzbekiston Qirgʻizistonga yana bir insonparvarlik yordamini joʻnatdi, bu haqda Qirgʻiziston elchixonasi xabar berdi

korrespondent 14

Topshirish marosimida Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ibragim Junusov, Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining Oʻsh viloyatidagi Vakolatli vakili Uzarbek Jilkibayev, vakil devoni va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Insonparvarlik yordamiga tibbiy krovatlar (440 dona), elektron pirometrlar (1000 dona), himoya kombinezonlari (2500 dona), tibbiy qoʻlqoplar (150 000 dona) va tibbiy niqoblar (150 000 dona) kiradi. Umumiy qiymati 248 ming dollarni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyining boshlarida Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga 1000 tonna un, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, bir martalik himoya kombinezonlari, respiratorlar, qoʻlqoplar, himoya koʻzoynaklari, pirometrlar va koronavirus tashxisi uchun sinov tizimlari yetkazildi.

Qoʻshni respublikaga begʻaraz yordamni yetkazib berish, bu safar ham Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi.