O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 7-iyungacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslar jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

korrespondent 13
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, 25-maydan 7-iyungacha bo‘lgan kunlar davomida 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

25—31-may kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

  • 25-may. Toshkent—Yekaterinburg—Toshkent
  • 26-may. Toshkent—Moskva—Toshkent
  • 27-may. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent
  • 28-may. Toshkent—Rostov-Don—Toshkent
  • 28-may. Toshkent—Istanbul–Toshkent
  • 29-may.  Toshkent—Sankt-Peterburg —Toshkent
  • 29-may. Toshkent—Moskva—Toshkent
  • 30-may. Toshkent—Moskva—Toshkent

1—7-iyun  kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

  • 1-iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent
  • 2-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent
  • 3-iyun. Toshkent—Sharja—Toshkent
  • 3-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent
  • 4-iyun. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent
  • 5-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent
  • 6-iyun. Toshkent—Qohira—Toshkent
  • 6-iyun. Toshkent—Novosibirsk—Toshkent
  • 7-iyun. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Avvalroq 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi.