Toshkentdagi yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ijtimoiy tarmoqlardagi poytaxtda yer usti metrosi estakadasi ustunlari yaqinida yer o‘pirilgani aks etgan fotosuratlar bo‘yicha izoh berdi.

Kompaniyaning Kapital qurilish direksiyasi mazkur holatni o‘rgandi va hodisaga tuproq o‘pirilishiga diametri 1200 mm bo‘lgan suv quvuri ustiga o‘rnatilgan himoyalovchi P shaklidagi beton plitaning sinishi sabab bo‘lganini aniqladi.

Toshkent “Suvsoz” DUK vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suv quvuri kostruksiyasi shikastlanmagan va suv sizib chiqishi sodir bo‘lmagan. Ehtimollarga ko‘ra yo‘l qoplamasi va beton plita ommaviy tashqi bosimga (ko‘p tonnali yuk mashinalari) dosh bera olmagan. Hodisa sabablari tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda.

“Fuqarolarimiz hodisaning qurilish olib borilayotgan halqa metro tarmog‘iga ta’sir ko‘rsatishi haqida xavotirga tushishlariga asos yo‘q. Hodisa joyi bilan qurilayotgan yer usti estakadasi tayanch ustunlari o‘rtasida 10 metr masofa bo‘lib, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, obyekga xavf tug‘dirmaydi”, — deyiladi xabarda.