Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

«Gazeta.uz»ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar orasida 2018 yil 21 sentyabrdan buyon «O‘zbekiston temir yo‘lla”i» kompaniyasi qoshidagi «Sardoba» suv ombori ob’ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i Fahriddin Danaboyev (1987 y. t.) ham bor. U Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq suv ombori to‘g‘onining buzilishi bo‘yicha olib borilayotgan jinoiy ish doirasida 4 ta asosiy tergov taxmini mavjudligi xabar ыilingan edi. Ular:

  1. loyihalashdagi xatoliklar;
  2. qurilish me’yorlariga rioya etmaslik;
  3. ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar;
  4. tabiiy ofat.