Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

22 may kuni Pakistan International Airlines ga tegishli Airbus 320 yo‘lovchi samolyoti Karachi aeroporti atrofida quladi. Bu haqda The Times of Pakistan nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Laxordan Karachiga uchib ketayotgan bo‘lib, «Djinna» xalqaro aeroportiga yetmasdan aholi yashaydigan mavzuga qulab tushgan.

Turli xabarlarga ko‘ra, PK-8303 nomerli samolyotda kamida 90 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Pakistan International Airlines bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi samolyotda texnik nosozlik bo‘lgani haqida xabar bergan.