BMTda kosmik chiqindilar muammosiga eʼtibor qaratadigan yangi ishchi guruh tuzildi

BMTning kosmosdan foydalanishning uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash boʻyicha yangi ishchi guruhi kosmik chiqindilar muammosini hal qilishga eʼtibor qaratishi mumkin.

Foto: Xs.uz

Bu haqda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan BMTning Fazo ishlari boʻyicha byurosi (UNOOSA) vakili maʼlum qildi.

“Ishchi guruh oʻz vakolat doirasi, ish uslublari yoki ish rejasini hali ishlab chiqmagan, ammo uning aʼzolari kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisidagi Qoʻmitaga aʼzo davlatlarning vakillari boʻlishi kutilmoqda. Uning asosiy maqsadi esa kosmik chiqindilar muammosini hal qilishga yoʻnaltirilishi ehtimoldan holi emas”, deydi BMT Kosmik qoʻmitasining siyosiy va huquqiy masalalar boʻyicha rahbari Niklas Xedman UNOOSA avgust oyi oxirida “Kosmik 2030” dasturining kun tartibini ishlab chiqish boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkinligini qoʻshimcha qilarkan.

Maʼlumotlarga koʻra, BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish boʻyicha qoʻmitasi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan bu yilgi sessiya davomida ishchi guruhga tegishli masalalarni koʻrib chiqishi kerak boʻlgan.