Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi

22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 6 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 28 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.

Aholi orasidan aniqlangan holatlarning 13 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan, deyiladi xabarda.

Hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb ma’lum qilinmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2407 kishini tashkil etmoqda. O‘n uch kishi hayotdan ko‘z yumgan.