Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 5 million kishidan oshdi

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni 5 million kishidan oshdi. Bu haqda koronavirus statistikasini olib borayotgan AQSHning Jon Xopkins universiteti maʼlum qildi.

Foto: sg.yahoo.com

AQSH haligacha virus eng koʻp tarqalgan mamlakat boʻlib qolmoqda. Mamlakatda shu kungacha 550 mingdan koʻproq odam koronavirus yuqtirgan. Ikkinchi oʻrinda 308 mingdan koʻproq holat roʻyxatga olingan Rossiya bormoqda. Uchini oʻrinda Braziliya, bu yerda 291 ming bemor infeksiya yuqtirgan. Koronavirus eng koʻp tarqalgan davlatlar beshligiga Britaniya va Ispaniya ham kirgan.

Jahonda koronavirusdan oʻlganlar soni 328 ming kishidan oshdi. Oʻlimlar holati boʻyicha ham AQSH oldinda, mamlakatda 93 mingdan koʻproq bemor vafot etdi. Britaniyada ikkinchi (35,5 mingdan koʻproq) va uchinchi oʻrinda Italiya (32 330 kishi). Koronavirusdan eng koʻp oʻlimlar qayd etilgan davlatlar beshligi Fransiya va Ispaniya bilan yakunlanadi.

Soʻnggi bir sutkada 20 ming odamga koronavirus yuqqan Braziliyada 18 860 odam epidemiyadan halok boʻldi. Oʻtgan bir sutkada bu mamlakatda 889 bemor vafot etdi.