Markaziy harbiy okrug boʻlinmasi ekstremal sharoitda maxsus vazifani bajardi (foto)

Markaziy harbiy okrug boʻlinmasi Jizzax viloyatidagi togʻli hududlarda va sunʼiy jihozlangan dushman obyektida maxsus mashqlarni bajardi. Bu haqda harbiy jurnalist Gʻayrat Madrahimov maʼlum qildi.

Dastlab, boʻlinma shaxsiy tarkibi harbiy texnikada notanish boʻlgan togʻli hududga olib kelindi. Birinchi galda harbiy xizmatchilar tomonidan oʻzlari turgan joy va shartli dushman obyektigacha boʻlgan masofa va yoʻnalish aniqlab olindi. Suvli toʻsiqdan oʻtish vaqtida boʻlinma uchta kichik guruhga boʻlinib, harakatlandi. Shovqinsiz, imo-ishoralar va shartli signallar orqali hamda talofatsiz belgilangan vaqtda marraga yetib borgan shaxsiy tarkib ikkinchi bosqich mashgʻulotiga jalb qilindi.

Muntazam tayyorgarlikka ega harbiylar sunʼiy jihozlangan dushman obyektida harakatlanib, qurolli bosqinchilar bilan yaqin masofada jang olib borildi. Komandir boʻlinmani jangovar ikkilik va uchlikka ajratdi. Ular otish pozitsiyalarini oʻzgartirib, tezkor va chalgʻituvchi taktik harakatlar bilan shartli dushmanni qarshi oldi.

Oldindagi asosiy vazifa begunoh asirlarni qutqarish va toʻsatdan paydo boʻlgan xavfni oldini olish boʻldi.

Maxsus mashqlarni bajarish davomida koʻp yillik xizmat tajribasiga ega boʻlgan ofitser va serjantlar rahbarlik qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati