Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi, deya xabar qildi Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Foto: Korrespondent.uz

Qarorga ko‘ra, 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may — yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

«Xayrixohlik, saxovat va rahm-shafqat oyi bo‘lgan Ramazon oyi joriy yilda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oilada o‘zaro tushunish va hamjihatlik muhitida munosib ravishda o‘tkaziladi», — deyiladi qarorda.

️Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkaziladi.