Bir oyda avtoavariyalarda 76 kishi halok boʻldi

Oʻzbekistonda 1-apreldan 30-aprelgacha yoʻl-transport hodisalarida 76 odam halok boʻldi. Bu haqda 20-may kuni Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, bir oy ichida jami 336ta yoʻl-transport hodisasi yuz bergan. Hodisada 38 kishi voqea joyida, 38 kishi esa kasalxonada jon bergan. Bundan tashqari 334 nafar kishi tan jarohati olgan.

Yoʻl-transport hodisalarining 38tasi bolalar aybi bilan, 168tasi yoʻlovchilar aybi bilan sodir etilgan.