O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2939 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 20-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 (+12) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7 tasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 tasi xorijdan kelgan shaxslar orasida qayd etildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatda 554 nafar bemor davolanmoqda.

“Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.