“Yashil” hududdagi harbiy qismda jangovar tayyorgarlikning yangicha usullari qoʻllanildi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qismda jangovar tayyorgarlikning yangicha usullari qoʻllanildi. Bu haqda harbiy jurnalist Gʻayrat Madrahimov maʼlum qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Yashil” hudud toifasiga kiruvchi Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qism boʻlinmasiga yuqori qoʻmondonlikdan maʼlum bir obyektga joylashib olgan shartli dushman kuchlarini oʻrganish va zararsizlantirish vazifasi yuklandi.

Dastlab mashgʻulot rahbari harbiy xizmatchilarga shartli dushmanga sezdirmasdan binoni kuzatish uchun qulay boʻlgan pozitsiyalarga yetib borish taktikasi haqida saboq berdi. Shundan soʻng maxsus kuzatuv moslamasi yordamida raqib tomondagi merganni qidirib topish va uni yoʻq qilish mashqlari oʻrganildi.

Bu orada boʻlinma oʻziga biriktirilgan qurol va epikirovkalarda toʻliq jangovar shay holatga keltirilgan edi. Harbiy xizmatchilar jinoyatchilar oʻrnashgan obyektga uch tomonlama hujumga oʻtdi.

Oʻtkazilgan oʻquv mashgʻuloti davomida harbiy xizmatchilar yaqin masofada shartli dushman bilan yuzma-yuz kelganda qoʻllanadigan taktik harakatlarni oʻrganish va mustahkamlash, shuningdek, jangovar tayyorgarlikning bir nechta yangi usullarini oʻrgandilar.