Tadbirkorlik subyektlari mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan 1-sentyabrgacha ozod etiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, joriy yil 1-iyunidan 1-sentyabrgacha kichik tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo majmualari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish joylari, jamoat transportlari tashkilotlari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hamda yoʻlovchilarni tashish, maishiy xizmat koʻrsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

Shuningdek, tovarlarni olib kirishda tadbirkorlarga QQS toʻlashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.