COVID-19: Markaziy Osiyolik migrantlar shoshilinch yordamga muhtoj

Xalqaro Migratsiya tashkiloti (XMT) COVID-19 pandemiyasi tufayli inqirozga uchragan Rossiya va Markaziy Osiyodagi muhojirlarga yordam berish uchun 7 million dollar soʻradi. Oilalari uchun daromad manbayi hisoblangan migrantlar ayni vaqtda ishsiz qolishgan. Ular zudlik bilan yordamga muhtoj — bu jiddiy inqiroz, deydi mutaxassislar.

Pandemiya Markaziy Osiyodan Rossiyada va boshqa mintaqalarda yashab, ishlayotgan millionlab muhojirlarning taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Ularning deyarli barchasi karantin choralari tufayli oʻz daromadlarini yoʻqotishdi va ijtimoiy yordamdan esa umid qilmayaptilar. Ular oʻz daromadlarining bir qismini ayni vaqtda yordamsiz qolgan uydagi oilalariga joʻnatib kelishgan.

Koʻplab muhojirlar oʻzlarini ishsiz deb topib, uylariga qaytishga harakat qilishdi, biro ularning hammasi ham chegaralarning yopiqligi sabab uylariga qaytishga muvaffaq boʻlishmadi. Ammo shunga qaramay, oʻz vatanlariga qaytganlar ishsizlikka va jamiyatda stigmaga duch kelishdi. XMT ushbu vaziyatni “jiddiy inqiroz” deb ataydi va bu odamlarning noroziligiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi.

XMT ekspertlari inqiroz noldan kelib chiqmaganini eslashadi. SSSR parchalangandan soʻng, yer sharining oltidan bir qismi aholisi keskin oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda va bu tarixiy jarayon oʻnlab yillar vaqt talab etadi. Pandemiya vaziyatni yana-da murakkablashtirgan yangi inqirozning katalizatori boʻldi.

Bir kun oldin virtual tarzda oltita davlatga (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) 2020 yil oxirigacha yordam berish uchun moʻljallangan gumanitar loyiha rasman ishga tushirildi. Marosimda elchixonalar, migratsiya sohasidagi ekspertlar, hukumat vakillari, shuningdek XMTning Vena, Moskva, Nur Sulton va boshqa mintaqaviy poytaxtlardagi idoralari ishtirok etdi.

“Biz oʻtgan inqirozlardan muhojirlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi va ularni davlat idoralariga topshirish bilan tahdid qilinishini yaxshi bilamiz”, deydi XMT mintaqaviy direktori Dayan Epshteyn. — Baʼzilari iqtisodiyotining qora qismida boʻlishga majbur. Bunday holda, ularning yana-da shafqatsiz ekspluatatsiyaga, jismoniy va ruhiy salomatliklariga tahdid solinishi mumkin.“

Xalqaro Migratsiya Tashkilotining tushuntirishicha, soʻralgan, ammo olinmagan 7 million dollar ishsiz qolgan hukumatlar va mehnat muhojirlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi. “Biz tadqiqot oʻtkazdik va inqiroz tufayli 90 foiz muhojirlar oʻz oilalariga mablagʻ oʻtkaza olmasligini aniqladik”, — dedi XMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy koordinatori Zeynal Xojiyev. “Bu odamlarning koʻpida moliyaviy tejash imkoni yoʻq va ular ishlayotgan sohalarda ishlab chiqarish toʻxtatib qoʻyiladi.“

“Biz inqirozli vaziyatni boshdan kechirayotganimiz aniq”, dedi XMTning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Abdusattor Yesoyev. — Migrantlarning 60 foizi ijara haqini toʻlashga hech narsasi yoʻqligini, qirq foizdan koʻprogʻi oziq-ovqat yetishmasligini aytishdi. Millionlab odamlar qiyin vaziyatga tushib qolgan. Biz ularni qoʻllab-quvvatlashimiz mumkin, biroq harakatni hoziroq boshlashimiz lozim.“

XMT eng qiyin sharoitlarda boʻlgan muhojirlarga, ayniqsa oʻz mamlakatlaridan uzoqda — Rossiya, Qozogʻiston va Turkiyada “qolib ketgan” ayollar va bolalarga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Migrantlarga vaqtincha turar joy, bolalarning internetda taʼlim olishi uchun yordam beriladi. Shuningdek, migrantlar boʻlib turgan mamlakatlarda tarqalishda davom etayotgan koronavirus infeksiyasidan himoya qilish choralari koʻriladi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan muhojirlarga oʻz vatanlariga qaytish, shuningdek ishga joylashish va reintegratsiyalashda yordam koʻrsatiladi.

Ikhtiyor Rakhman