Gruzin ansambli Muhammad Yusufning “Ulugʻimsan vatanim” sheʼrini mahorat bilan kuyga soldi

Gruziyaning taniqli “Bravo Metehi” ansambli Muhamma Yusuf qalamiga mansub va Sevara Nazarxon tomonidan kuylangan “Ulugʻimsan, vatanim” qoʻshigʻini oʻzbekcha kuylab, internet tarmogʻida muxlislar olqishiga sazovor boʻldi.

Sevara Nazarxon ham ushbu ijroni oʻzining Instagram sahifasiga joyladi.

“Gruzinlardan bizning oʻzbek aka-uka va opa-singillarimiz uchun”, — deya yozilgan rolik ostida.

Siz ham oʻsha mashhur xit qoʻshiqni yangicha talqinda tinglab, baho berishingiz mumkin.

Avvalroq, Afgʻonistonlik xonanda Fahim Fana “Koʻrdim yuzingni” qoʻshigʻini maromida ijro etib bergani haqida xabar qilgan edik.