Prezident topshirig‘i bilan 23 yoshli yigit Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

0

Shu vaqtgacha Toshkent shahridagi “Result” o‘quv markazi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sa’dullayev Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Anons.uz

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati)ning IV Qurultoyida so‘z olib, yoshlarga til o‘rgatish istiqbollari haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z takliflarini yetkazgan edi. Prezident tajriba tariqasida majlisning o‘zida Alisher Sa’dullayevni Xalq ta’limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlagan.

Alisher Sa’dullayev 1994-yilning 11-iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona qoshidagi “YES” klubida 2014-2015-yillar oralig‘ida yetakchilik qilgan.

1-iyul kuni Alisher Sa’dullayev yangi muovun sifatida vazirlik xodimlariga tanishtirilgan.