Habib Nurmagomedovning otasi koma holatiga tushib qoldi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Moskvadagi kasalxonada koma holatiga tushib qolgan.

Foto: Vesti.ru

“Sport-Ekspress”ning xabar qilishicha, mutaxassisni Dog‘istonda noto‘g‘ri davolashgan, natijada uning ahvoli og‘irlashgan.

“Abdulmanapning holati juda og‘ir, u Moskvada koma holatida yotibdi. Uni Dog‘istonda noto‘g‘ri davolashgan. Ayni vaqtda uning ahvoli og‘ir. Abdulmanapni samolyotda olib ketishdi, hozirda u Moskvadagi harbiy gospitalda davolanmoqda. U yerga yaqinlarini qo‘yishmayapti”, — deydi manba.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Abdulmanap Nurmagomedov insult bo‘lgan va hozirda uning holati o‘ta og‘ir darajada.

UFC jangchisi va Habibning do‘sti Islom Maxachev Nurmagomedovlarning kattasi og‘ir ahvolda ekanini tasdiqladi.

57 yoshli murabbiy 25-aprel kuri pnevmoniya tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Ahvoli og‘irlashgach, 3-may kuni Moskvaga olib ketilgandi.