Olimlar COVID-19 asosiy tarqatish kanalini aniqlashdi

Dunyoda COVID-19 holatlarining koʻpayishiga havo transporti eng katta taʼsir koʻrsatdi. Bu haqda Braziliyadagi Bahia Federal Universitetida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari Medrxiv veb-saytida eʼlon qilindi.

Foto: EPA

Taʼkidlanishicha, mutaxassislar kasallikning tarqalishiga ijtimoiy-iqtisodiy, iqlimiy va transport omillarining taʼsirini tahlil qilishdi.

Tadqiqotchilar xalqaro havo qatnovini taqiqlagan davlatlar bu kabi choralarni koʻrmagan davlatlar bilan solishtirganda infeksiyaga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdilar degan xulosaga kelishdi.

Olimlarning fikriga koʻra, yoʻlovchilar parvozini cheklash va chegaralarni yopish bemorlarning oʻsish surʼatlarini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, samolyot bortida sinov va nazorat choralari takomillashtirilsa, COVID-19 ning tarqalishi sezilarli darajada kamayishi qayd etilgan.