Yulduz Usmonovaga nisbatan ma’muriy ish ochildi

5-may kuni Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlari va Ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, sud soat 14:00 da boshlanishi kerak edi.

Foto: Centre1.com

Usmonovaga nisbatan ochilgan ma’muriy ish Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Ammo Oliy sudga ish materiallari hali kelib tushmagan, o‘z navbatida Yulduz Usmonova ham sudga yetib kelganicha yo‘q, deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.

Nashrning ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonovaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) yoki 183-modda (mayda bezorilik) bilan ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4-may kuni xonanda Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilib, haqoratlagan video tarqalgandi. Uning ortidan IIV surishtiruv boshlanganini ma’lum qilgandi.