Mashhur Bollivud aktyori Irrfan Xon 53 yoshida vafot etdi

Sahabzoda Irrfan Ali Xon 1967-yilda tugʻilgan. U aktyorlik faoliyatini saksoninchi yillarda seriallarda rol oʻynashdan boshlagan.

Foto: Outlook India

U “Xarobadan chiqqan millioner“, “Pining hayoti“ filmlaridagi rollari bilan mashhur. Shuningdek, “Lanchboks“, “Piku“, “Xindi medium“ kabi bollivudning mashhur filmlarida rol ijro etgan. U rol oʻynagan filmlar soni umumiy 150 ta. Bundan tashqari bir qator milliy mukofotlar sohibi.

U hamkasbi Amitabx Bachchan tomonidan “oʻta iqtidorli“ deb taʼriflangan.

Uning agentligi xabar berishicha, u gʻarbiy Mumbaydagi shifoxonalardan birida vafot etgan. Unga yoʻgʻon ichak infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan edi.