Jahonning yetakchi kinofestivallari yangi filmlarni YouTubeda namoyish qiladi

Nyu-Yorkning Tribeca Film Festival kinofestivali YouTube bilan hamkorlikda We Are One onlayn Global Film Festival (“Biz birgamiz: global kinofestival”) kino festivalini oʻtkazadi. Bu haqda Tribeca saytidagi matbuot xabarida maʼlum qilingan.

29-maydan 7-iyunga qadar boʻlib oʻtadigan onlayn-festivalda 20 dan ortiq xalqaro kinoforumlar, jumladan Kann, Berlin, Venetsian, Toronto, Nyu-York, London, Lokarno, San-Sebastyan, Karlovy Vary, Tokio kinofestivallari, Ansi , “Sandens” xalqaro animatsion festivali va boshqalar ishtirok etadi.

Tomoshabinlar turli janrlardagi: hujjatli, oʻyinli, animatsion va musiqali filmlarni bepul tomosha qilishlari mumkin. Ular festivalning rasmiy YouTube-kanalida namoyish qilinadi. Namoyish jadvali keyinroq eʼlon qilinadi.

Tomosha vaqtida Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti yoki koronavirus infeksiyasi pandemiyasi vaqtida tibbiyot xodimlari va hayotiy zarurat xizmatlari xodimlariga yordam koʻrsatayotgan mahalliy tashkilotlarga xayriya berishlari mumkin boʻladi.

Shu bilan birga sifrli format kinofestival oʻrnini toʻlaqonli bosa olmaydi, tashkilotchilar pandemiya tugaganidan keyin kinofestvalni oʻtkazishga umid qilmoqda.