Qo‘qondagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in uch kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

0
343
marta oʻqilgan


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

O‘zbekiston Ichki Ishlar Vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining turmush o‘rtog‘i M.Rajabova hamda farzandlari 2009-yilda tug‘ilgan M.Bexruzov va 2013-yilda tug‘ilgan D.Bexruzovlarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.