“Paxtakor” klubi sobiq futbolchisi vafot etdi

“Paxtakor”ning sobiq himoyachisi Vilgelm Qahhorov 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: LIGA.net

Futbolchi “Paxtakor” safida 1961—1964-yillar mobaynida to‘p surgan. Jamoa 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan 1962-yilgi mavsum Oliy Liga bahslarining barchasida maydonga tushgan. 1963-yil Toshkentda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylangan.

“Uning butun hayoti futbol bilan bog‘liq bo‘ldi. Hayotining oxirgi yillarida turli tadbirlarda ishtirok etib, futbolning ommaviyligi uchun o‘z hissasini qo‘shdi. Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan “Paxtakor” futbol klubi uning oilasi, yaqinlari va do‘stlariga ta’ziyasini bildiradi. Uning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi”, deyiladi xabarda.