Oʻzbekistonda internet xizmati narxi yana arzonlashdi

0


Oʻzbekistonda 2017-yilning 30-martidan boshlab internet provayderlar uchun xizmatlar haqi 1 Mbit/s uchun 76,48 dollarga tushirildi. Bu haqda “Oʻzbektelekom” AJ maʼlum qildi.

Bu yil tarif narxlari yettinchi marta tushirilmoqda.

Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6 yanvardan $87,14, 10 yanvardan $86,85, 2 fevraldan $86,11, 16 fevraldan $80,94ga tushirilgandi.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yilda tariflar oʻn ikki marta arzonlashgan. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan.