Milliarder Fattoh Shodiyev fondi viloyatdagi 100 oilaga muruvvat yordami yubordi

Koronavirus pandemiyasi respublikamiz aholisi uchun ham jiddiy sinov boʻldi. Bu murakkab davrni betalofat oʻtkazish, aholini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishda nufuzli idoralar vakillarining faol ishtiroki tahsinga loyiq.

Oʻzbekiston Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondining yurtimizdagi vakolatxonasi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Biz birgamiz” aksiyasi minglab xonadonlarga mehr va madad ulashmoqda.

Bugun mazkur aksiya doirasida viloyat Adliya boshqarmasi hamda hududiy Adliya boʻlimlari tomonidan viloyatdagi 100 nafar keksa, kam taʼminlangan va yordamga muhtoj insonlar xonadoniga oziq-ovqat va tibbiy-gigiyenik vositalar yetkazib berildi.