O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 158 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8 taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu infeksiya 12-martda Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan, asli navoiylik 2 kishida, ya’ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi.