Johnson & Johnson sentabrdan koronavirusga qarshi vaksinaning odamlardagi sinovini boshlaydi

Johnson & Johnson kompaniyasi 2020-yilning sentabr oyidan odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

0038

Ma’lum qilinishicha, kompaniya odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini kechi bilan 2020-yil sentabridan boshlaydi.

Fevral o‘rtalarida Johnson & Johnson koronavirusga qarshi tajriba vaksinasini ishlab chiqishni boshlaganini e’lon qilgandi.