Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi

Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, “Tarona Rekords” kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi.

0035

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan.

Ravshan Yo‘ldoshev 1961-yili 2-aprel kuni tug‘ilgan. Uning birinchi turmushidan to‘rt nafar — uch qiz va bir o‘g‘il farzandi, Shahzoda bilan turmushidan bir o‘g‘li bor edi.

Ravshan Yo‘ldoshevning to‘ng‘ich qizi, xonanda Lola ayni vaqtda Rossiyada yashaydi.