Moskvada umumxalq o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi

30 martdan boshlab yoshidan qat’i nazar, Moskvaning barcha aholisi uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin saytidagi bayonotga tayanib xabar qildi.

© Russia Beyond

Yashash joyini quyidagi holatlardagina tark etish mumkin:

  • shoshilinch tibbiy yordam hamda hayot va sog‘liq uchun boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavflar to‘g‘risida murojaat qilish;
  • ishga borish;
  • eng yaqin do‘kon yoki dorixonada xarid qilish;
  • yashash joyidan 100 m dan oshmaydigan masofada uy hayvonlarini sayr qildirish;
  • chiqindi to‘kish uchun.
  • Bundan tashqari, ish joyida bo‘lishi kerak bo‘lgan moskvaliklar ishga borishlari mumkin.

Ko‘chada va transportda bo‘lganda, boshqa odamlardan kamida 1,5 m masofa saqlashinishi kerak, istisno — taksidagi safarlar.

Yaqin kunlarda ko‘chaga maxsus ruxsatnoma bilan chiqish mumkin bo‘ladi. U poytaxt aholisiga Moskva hukumati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

Xabar qilinishicha, uyda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi fuqarolarning Moskvaga kelish yoki shaharni tark etish huquqini cheklamaydi.

Bundan tashqari, shahar hokimi koronavirus tufayli ishidan mahrum bo‘lgan moskvaliklarga kompensatsiya to‘lashni buyurdi. Nafaqalar va yangi to‘lovlarning umumiy miqdori oyiga 19,5 ming rublni tashkil qiladi.

Xuddi shunday cheklovlar Moskva viloyati aholisi uchun ham joriy qilindi. Moskva viloyatidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish va monitoring qilish bo‘yicha tezkor shtabga ko‘ra, ularga uyni zaruratsiz tark etmaslik, shuningdek, ijtimoiy masofani kamida 1,5 m masofada saqlash buyurilgan. Viloyatning ishsiz aholisi 1 apreldan boshlab kompensatsiya olishni boshlaydilar.

Rossiyada COVID-19 aniqlangan holatlar soni 1534 ga yetdi (ularning 1014 tasi Moskvada), 64 bemor sog‘aydi. Rossiyaning barcha mintaqalarida yuqori tayyorgarlik rejimi amal qilmoqda, 28 martdan 5 aprelga qadar ishlanmaydigan hafta deb e’lon qilindi. Rasmiylar aholini uyda qolishga yoki dam olish kunlarini dala hovlilarda o‘tkazishga chaqirmoqda.