“Espanyol” futbol klubining sobiq murabbiyi Benito Joanet koronavirusdan vafot etdi

“Espanyol” futbol klubining sobiq murabbiyi Benito Joanet 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Foto: Diario de Mallorca

Manbaning so’zlariga ko’ra, taniqli mutaxassisning o’limiga sabab koronavirus infeksiyasi bo’lgan.

Ta’kidlash joizki, Joanet yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib bo’ldi.

Avvalroq, “Lokomotiv” bosh murabbiyi Yuriy Semin Moskva meri Sergey Sobyaninning 65 yoshdan oshgan fuqarolarga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarorini sharhlagani haqida xabar berilgan edi.