Londondagi terrorchilik hujumida hibsga olingan kishilar ozod etildi

0
261
marta oʻqilgan

Londondagi terrorchilik hujumida hibsga olingan 12 shaxsning barchasi ozod etildi. Bu haqa London shahar politsiyasi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 1-aprel, shanba kuni shu kunga qadar ushlab turilgan ohirgi shaxs ham ozod etildi. 30 yoshli shubxali shaxs Bermingemda 26-mart kuni qo‘lga olingan edi. U va u kabi ushlab turilgan terrorchilikga aloqadorlikda shubxa qilingan 11 kishi qo‘yib yuborildi.

Politsiya hujumni hali ham tergov qilmoqda.

22-mart kuni 52 yoshli Xolid Ma’dus Vestminster ko‘prigida odamlarni mashinda urib parlament binosi tomon harakatlangan. Xolid Ma’sud amalga oshirgan terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.