Jeki Chan o‘z sog‘lig‘i yuzasidan ma’lumot berdi

Avvalroq aktyor Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Foto: Zamin.uz

Unga ko‘ra, aktyor Gongkongdagi tadbirda virus yuqtirgan odamlar bilan birga bo‘lgan.

Ammo Jeki Chan Instagramdagi rasmiy sahifasida bayonot berib, o‘zining sog‘lomligini ta’kidladi.

«Barchaga g‘amxo‘rlik uchun tashakkur. Men mutlaqo sog‘lomman va karantinda emasman. Hamma sog‘lom va xavfsiz bo‘lishini tilayman», – deya yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus jahonning aksar mamlakatlariga kirib bordi. Jumladan, Xitoydan tashqari Janubiy Koreya, Italiya va Eronda ham vaziyat jiddiylashmoqda.