Jeki Chan koronavirusni yuqtirib olgan bo’lishi mumkin

Mashhur aktyor Jeki Chan koronavirusni yuqtirib olgan boʻlishi mumkin, deb xabar beradi US Hola.

65 yoshli jang sanʼati ustasi Gonkongda 60 ga yaqin odam ishtirok etgan xususiy ziyofatda qatnashgan va ulardan baʼzilari virus bilan kasallangan.

Bayramni kuzatgan politsiya xodimlaridan biri kasallik alomatlarini koʻrsatdi. Tadbirning qolgan ishtirokchilari karantinga olinadi.

Channing vakillari va mahalliy hokimiyat uning kasal ekanligini tasdiqlamadi. Taʼkidlanishicha, u aslida yaqin joyda boʻlib oʻtgan boshqa tadbirda boʻlgan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, hozirda koronavirus 80 ming kishini yuqtirgan. Kasallik Xitoyda boshlangan, ammo butun dunyoga tarqaldi.