Italiya kompaniyasi Oʻzbekistonda zaʼfaron plantatsiyalarini barpo etish uchun 20 million dollar sarmoya kiritmoqchi

Italiyaning Opera SRL kompaniyasi zaʼfaron plantatsiyalarini yaratish uchun 20 million dollar sarmoya kiritmoqchi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Foto: Google ImagesBu haqda Opera SRL va SSP vakillari oʻrtasida Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida maʼlum boʻldi.

Italiya kompaniyasi prezidenti Paolo de Anjelis tashrifining maqsadi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida zaʼfaron plantatsiyalarini tashkil etish rejalarini muhokama qilishdan iboratligini taʼkidladi. Ushbu investitsiya loyihasining Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 400 gektar yer uchastkasida zaʼfaron yetishtirish uchun sarf-xarajatlari taxminan 20 million dollarni tashkil etadi.

Oʻtgan yilning 25-dekabrida BMB Trade Group (Oʻzbekiston) va Opera SRL zaʼfaronni ishlab chiqarish va Italiyaga eksport qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar. BMB savdo guruhining strategik yoʻnalishlaridan biri bu Yevropa bozorlariga chiqish uchun Oʻzbekistonda eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir.

“Zaʼfaron” noyob ziravor oʻsimlikdan qadimda boʻyoq tayyorlangan. Hozirgi davrda esa asosan tibbiyotda va oshxonada ishlatiladi. Yer yuzida yiliga 300 tonna zaʼfaron yetishtiriladi. Maʼlumotlarga qaraganda, shifobaxsh oʻsimlikning 175 tonnasi Eronda yetishtirilib, uning 120 tonnasi eksport qilinadi.

Oʻzbekistonda zaʼfaron oʻsimligi plantatsiyalarini tashkil etish maqsadida “Agrobank”, “Oʻzbekoziqovqatxolding”, “Oʻzfarmsanoat”, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va “Vrand Investment Group” jamiyati hamkorligida “Shafran ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etildi.
Mazkur markaz 2017-yilning avgust oyida Gollandiyaning yirik kompaniyasidan 36,4 tonna tuganak piyozlar xarid qilgan edi. Oʻz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida zaʼfaron plantatsiyalarda ekilgan tuganak piyozlarning 95-98 foizi koʻkardi. Dastlabki yilda ularning qariyb 40 foizi gulga kirdi.