Xalqaro “Carrefour” supermaketlar tarmogʻi Toshkentda ishchilarni yollashni boshladi

Toshkentda xalqaro Carrefour brendining super va gipermarketlari zanjiri ochiladi. Bu boradagi kelishuv oktyabr oyida Dubayda joylashgan Majid Al Futtaim va Akfa Group tomonidan imzolangan edi.

Foto: BitNovosti.com

Birinchi bosqichda yettita doʻkon, shu jumladan uchta supermarket, 2020-yilda bitta gipermarket, 2021-yilda ikkita supermarket hamda bitta gipermarket ochish rejalashtirilgan. Ular Akfa Group kompaniyasiga tegishli obyektlarda 17,4 ming kvadrat metr maydonda joylashadi.

hh.uz maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda kompaniya Toshkentda bir nechta boʻsh ish oʻrinlarini ochdi. Majid Al Tuttaim Hypermarkets LLC (TM Carrefour) PR-menejer, bosh direktorning yordamchisi, bosh buxgalter, xaridlar boʻyicha menejer va boshqalarni qidirmoqda.

Avvalroq korzinka.uz supermarketlar tarmogʻining rahbari Zafar Xoshimov Carrefour’ning Oʻzbekistonga kelishi, ushbu toifadagi xalqaro oʻyinchilarning qiziqishini jalb qilish uchun, Oʻzbekistonning chakana bozori rivojlanganligini anglatadi. Uning taʼkidlashicha, turli markalar va formatlarning paydo boʻlishi butun bozorni va uning har bir ishtirokchisini rivojlantirishga xizmat qiladi va ayniqsa isteʼmolchilar uchun juda foydali.

Carrefour SA – fransuz chakana sotuvchisi, chakana tarmoq operatori. 1957-yilda tashkil etilgan. Carrefour turli markalar ostida faoliyat koʻrsatadigan 15 mingdan ortiq doʻkonlarga, shu jumladan Carrefour gipermarketlari, Carrefour Market supermarketlari, kichik Shopi va Marché Plus doʻkonlariga, arzon Dia, Ed doʻkonlariga va Promocash doʻkonlariga ega.