Qariyb 50 ming kishi 1-apreldan O‘zbekiston fuqaroligini oladi

1 apreldan boshlab1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berish rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning 2020 yilgi davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Foto: Korrespondent.uz

«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda ushbu tartibni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan 50 mingga yaqin shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkorligini prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining parlamentga murojaatida ta’kidlab o‘tgan edi.