Habibning otasi UFC chempioni sportdan qachon ketishini aytdi

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va treneri Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining sportdagi faoliyati haqida yana bir bor mulohaza bildirdi.

Foto: Sof.uz

Katta Nurmagomedovning atishicha, hali mag‘lubiyatga uchramagan chempion 2-3 ta jangdan so‘ng oktagonga chiqishni to‘xtatishi kerak.

«Habib 1,5-2 yilda faoliyatini to‘xtatadi. Maksimum 3 ta jangni ko‘zlayapman. Ikkitasi — normal.

Nurmagomedovlar avlodi 32-33 yoshgacha o‘zining eng kuchli davrini kechiradi, keyin pasayish yuz beradi… Shundan so‘ng erkakning ikkinchi balog‘at davri boshlanadi. Mushaklarning chidamliligi, elastikligi kamayadi, ko‘rish qobiliyati pasaya boradi. Shuning uchun ham vaqtida ketish kerak, seni ketkazishlaridan avval», — dedi Abdulmanap Nurmagomedov.

Habib Nurmagomedov 31 yoshda. U 19 aprel kuni amerikalik Toni Fergyuson bilan oktagonga chiqadi.